Klinikalar uchun boshqaruv dasturi

Klinikangizni bitta tizimda boshqaring

Qabul va navbat, kassa, ombor, statsionar, stomatologiya, operatsiya bloki, maosh va hisobotlar bitta dasturda. Tushum, chiqim va qarzlarni kompyuterda ham, telefonda ham ko‘rasiz.

  • Windows, brauzer va telefon
  • O‘zbek va rus tilida
  • Bir nechta filial bitta tizimda
  • 28 ta hisobot
Rahbar paneli: oldingi davr bilan solishtirish
Rahbar paneli telefonda

Haqiqiy ekranlar. Ma’lumotlar to‘qima, telefon raqamlari yashirilgan.

Stomatologiya

3D tish kartasi, reja va smeta bitta joyda

Tish 3D modelda yoki FDI formulasida tanlanadi, holati rang bilan belgilanadi. Davolash rejasi va smeta shu kartada tuziladi, bajarilgan ish qabul, kassa va shifokor ulushiga o‘tadi.

  • 52 tish: doimiy va sut tishlari, yuzalar va kanallar
  • Parodontogramma, KPU, OHI-S, CPITN
  • Rentgen suratlar va tashriflar kundaligi
Stomatologiya moduli
Tish kartasi: 3D model, tish formulasi va belgilangan tishlar
Tish kartasi: 3D model, tish formulasi va belgilangan tishlar

Kompyuterda, brauzerda va telefonda

Windows ilova
Asosiy kompyuter server bo‘ladi, boshqa kompyuter va telefonlar unga klinika tarmog‘i orqali ulanadi. Chek printerga oynasiz chiqadi.
Brauzer
Dastur serverga o‘rnatilsa, istalgan kompyuterdan brauzer orqali ochiladi.
Telefon
Android va iPhone’da bosh ekranga ilova sifatida o‘rnatiladi. Telefon versiyasi pastki menyu bilan alohida moslashtirilgan.
Ma’lumotlar qayerda
O‘rnatishda tanlanadi: klinikaning o‘z kompyuterida yoki serverda.
Rahbar paneli telefonda
Rahbar paneli telefonda

Kim nimani ko‘rishini siz belgilaysiz

Rollar va ruxsatlar

Har rolga sahifalar bo‘yicha ko‘rish, qo‘shish, tahrirlash va o‘chirish huquqi, hisobotlar va bosh sahifa bloklari alohida beriladi.

Filiallar

Xodim o‘z filialini ko‘radi, rahbar filiallar orasida almashadi yoki hammasini birga ko‘radi.

Qulflangan smena

Yopilgan kassa smenasidagi pul harakatlarini tahrirlab ham, o‘chirib ham bo‘lmaydi.

Tillar

Interfeys o‘zbek (lotin va kirill) va rus tilida, har xodim o‘zi tanlaydi.

Qanday boshlanadi

  1. Murojaat

    Formani to‘ldiring, qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram’da yozing.

  2. Namoyish

    Klinikangizga kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz.

  3. Sozlash

    Bo‘limlar, xizmatlar, xodimlar va ruxsatlar klinikangizga moslab sozlanadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

MedApp24 qanday klinikalarga mos?

Ko‘p tarmoqli klinikalar, diagnostika markazlari, stomatologiya va statsionari bor shifoxonalar uchun. Klinikaga kerak bo‘lmagan bo‘limlar o‘chiriladi yoki xodimlar menyusidan yashiriladi.

Dastur qaysi qurilmalarda ishlaydi?

Windows kompyuterda alohida ilova sifatida, istalgan qurilmada brauzer orqali, Android va iPhone’da esa bosh ekranga o‘rnatiladigan ilova sifatida. Telefon versiyasi pastki menyu bilan alohida moslashtirilgan.

Ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

O‘rnatishda tanlanadi: klinikaning o‘z kompyuterida yoki serverda. O‘z kompyuterida bo‘lsa, Windows ilova server rejimida ishlaydi, boshqa kompyuter va telefonlar unga klinika tarmog‘i orqali ulanadi.

Bir nechta filialni bitta dasturda yuritsa bo‘ladimi?

Ha. Har xodim o‘z filialini ko‘radi, ruxsati bor rahbar filiallar orasida almashadi yoki barcha filiallar bo‘yicha hisobot oladi. Xizmatlar, palatalar va shablonlar bir filialdan boshqasiga nusxalanadi.

Xodim faqat o‘ziga ruxsat berilgan narsani ko‘radimi?

Ha. Har rolga sahifalar bo‘yicha ko‘rish, qo‘shish, tahrirlash va o‘chirish, qaysi hisobotlar va bosh sahifaning qaysi bloklari ochilishi alohida beriladi.

Dastur qaysi tillarda?

Interfeys o‘zbek (lotin va kirill) va rus tilida. Har xodim tilni o‘zi tanlaydi.

Barcha savollar →

Klinikangizda qanday ishlashini ko‘ring

Kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.

Namoyish so‘rash

Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.

Qo‘ng‘iroq qilish Telegram