Maosh va ulushlar
Oy oxirida daftar va kalkulyator kerak bo‘lmaydi: xizmat qabulga yozilganda shifokor va yo‘naltiruvchining ulushi o‘sha zahoti hisoblanadi. Har xodimning hisoblangani, to‘langani va qoldig‘i bitta jadvalda.
Nima qiladi
- Xizmatdan ulush
- Har xizmat uchun xodim ulushi foizda yoki aniq summada belgilanadi, tungi stavka ham bor.
- Oylik, avans, bonus, jarima
- Oylik hisoblanadi, avans va to‘lovlar yoziladi, bonus va jarima qo‘shiladi. Har xodimning qoldig‘i ko‘rinadi.
- Qaytarishda ham to‘g‘ri
- Xizmat qisman qaytarilsa, xodim ulushi ham shu nisbatda kamayadi.
- Face ID davomat
- Hikvision Face ID qurilmasi ulansa, xodim kelgan va ketgan vaqt yoziladi, kechikish uchun jarima avtomatik qo‘yiladi.
- Yo‘naltiruvchilar
- Bemorni yuborgan shifokorlar, tibbiy vakillar va hamkor klinikalar ulushi alohida reestrda. To‘lov qilinganda balans kamayadi.
- Tungi navbatchilik
- Hamshira va oshpazlarning tungi navbatchiligi alohida hisoblanadi va to‘lanadi.
Savollar
Ulush qachon hisoblanadi?
Xizmat qabulga yozilib saqlanganda. Qabul o‘zgartirilsa yoki pul qaytarilsa, ulush ham qayta hisoblanadi.
Davomat uchun qanday qurilma kerak?
Hikvision Face ID terminali. U ulanmasa ham maosh, avans, bonus va jarima qo‘lda yuritiladi.
Bog‘liq bo‘limlar
Klinikangizda qanday ishlashini ko‘ring
Kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.
Namoyish so‘rash
Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.