Savollar va javoblar

Klinika egalari va rahbarlari eng ko‘p so‘raydigan savollar. Javobini topmasangiz, qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram’da yozing.

MedApp24 qanday klinikalarga mos?

Ko‘p tarmoqli klinikalar, diagnostika markazlari, stomatologiya va statsionari bor shifoxonalar uchun. Klinikaga kerak bo‘lmagan bo‘limlar o‘chiriladi yoki xodimlar menyusidan yashiriladi.

Dastur qaysi qurilmalarda ishlaydi?

Windows kompyuterda alohida ilova sifatida, istalgan qurilmada brauzer orqali, Android va iPhone’da esa bosh ekranga o‘rnatiladigan ilova sifatida. Telefon versiyasi pastki menyu bilan alohida moslashtirilgan.

Ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

O‘rnatishda tanlanadi: klinikaning o‘z kompyuterida yoki serverda. O‘z kompyuterida bo‘lsa, Windows ilova server rejimida ishlaydi, boshqa kompyuter va telefonlar unga klinika tarmog‘i orqali ulanadi.

Bir nechta filialni bitta dasturda yuritsa bo‘ladimi?

Ha. Har xodim o‘z filialini ko‘radi, ruxsati bor rahbar filiallar orasida almashadi yoki barcha filiallar bo‘yicha hisobot oladi. Xizmatlar, palatalar va shablonlar bir filialdan boshqasiga nusxalanadi.

Xodim faqat o‘ziga ruxsat berilgan narsani ko‘radimi?

Ha. Har rolga sahifalar bo‘yicha ko‘rish, qo‘shish, tahrirlash va o‘chirish, qaysi hisobotlar va bosh sahifaning qaysi bloklari ochilishi alohida beriladi.

Dastur qaysi tillarda?

Interfeys o‘zbek (lotin va kirill) va rus tilida. Har xodim tilni o‘zi tanlaydi.

Eski ma’lumotlarni ko‘chirsa bo‘ladimi?

Mahsulotlar va xodimlar ro‘yxati Excel faylidan yuklanadi. Eski Stomatologiya3D bazasini ko‘chirish vositasi ham bor. Boshqa ma’lumotlarni ko‘chirish namoyishda kelishiladi.

Chek printeri bilan ishlaydimi?

Ha. Chek 58 mm yoki 80 mm termoprinterga yoki A4 ga chiqadi. Windows ilovasida chek oynasiz, darhol printerga ketadi.

Telegram botlar qanday ulanadi?

Klinikaning o‘z Telegram boti dasturga ulanadi va kerakli funksiyalar sozlamalarda yoqiladi: bemorga natija yuborish, qayta ko‘rik eslatmasi, yo‘naltiruvchilarga xabar va rahbarga kunlik hisobot.

Narxi qancha?

Narxni bilish uchun qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram’da yozing.

Namoyishni qanday ko‘rsa bo‘ladi?

Formani to‘ldiring, qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram’da yozing, namoyish vaqtini kelishamiz.

Klinikangizda qanday ishlashini ko‘ring

Kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.

Namoyish so‘rash

Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.

Qo‘ng‘iroq qilish Telegram