Ombor

Dori va sarf materiallari ta’minotchidan kelganidan bemorga ishlatilguncha kuzatiladi. Rahbar ombordagi qoldiq summasini va tugagan mahsulotlarni bitta ekranda ko‘radi.

Ombor holati: qoldiq summasi, tugagan mahsulotlar, kirim va sarf
Ombor holati: qoldiq summasi, tugagan mahsulotlar, kirim va sarf. Haqiqiy ekran, to‘qima ma’lumotlar.

Nima qiladi

Kirim
Ta’minotchidan kelgan mahsulot narxi va miqdori bilan kiritiladi, har partiya alohida hisobga olinadi.
Bo‘limlarga berish va sarf
Mahsulot bo‘limlarga beriladi, bo‘lim o‘z sarfini yozadi. Har bo‘limning qoldig‘i alohida ko‘rinadi.
Xizmatga bog‘langan sarf
Xizmat shabloniga kerakli materiallar biriktiriladi. Xizmat qabulga qo‘shilib saqlanganda ular ombordan avtomatik chiqim qilinadi.
Reviziya
Haqiqiy qoldiq sanab kiritiladi, dasturdagi qoldiq bilan farqi ko‘rinadi.
Ta’minotchilar
Har ta’minotchidan qancha mahsulot olingani, qancha to‘langani va qarz qoldig‘i ko‘rinadi.
Ombor paneli
Bosh sahifada ombordagi qoldiq summasi, tugagan va kam qolgan mahsulotlar.
Excel’dan yuklash
Mahsulotlar ro‘yxatini Excel faylidan bir martada yuklash mumkin.

Savollar

Mahsulotlarni bittalab kiritish kerakmi?

Yo‘q. Mahsulotlar ro‘yxati Excel faylidan yuklanadi.

Material qaysi narxda hisobdan chiqadi?

Har partiya o‘z narxi bilan saqlanadi, sarf avval kelgan partiyadan yoziladi (FIFO).

Bog‘liq bo‘limlar

Klinikangizda qanday ishlashini ko‘ring

Kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.

Namoyish so‘rash

Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.

Qo‘ng‘iroq qilish Telegram