Kassa
Pul har tashrifga bog‘langan: kim qancha to‘ladi, qancha qarz qoldi va kassada hozir qancha bor, hammasi bir joyda. Smena yopilgach, uning ichidagi yozuvlarni hech kim jimgina o‘zgartira olmaydi.
Nima qiladi
- Kassa smenasi
- Kassir smenani ochadi va yopadi. Yopishda kassadagi pul sanab kiritiladi, dasturdagi qoldiq bilan farqi ko‘rinadi.
- Yopilgan smena qulflanadi
- Smena yopilgan vaqtgacha bo‘lgan pul harakatlarini tahrirlab ham, o‘chirib ham bo‘lmaydi.
- To‘lov turlari
- Naqd, karta, o‘tkazma va boshqa turlarni klinika o‘zi sozlaydi. Bitta to‘lovni bir necha turga bo‘lish mumkin.
- Kirim va chiqim
- Xarajatlar klinika o‘zi tuzgan toifalar bo‘yicha yoziladi, shuning uchun pul qayerga ketgani hisobotda ko‘rinadi.
- Qaytarish va qarz
- To‘liq yoki qisman qaytarish rasmiylashtiriladi. Bemorlar qarzi rahbar panelida va hisobotlarda alohida turadi.
- Sug‘urta (DMS)
- Polis qabul summasining bir qismini yopadi, qolganini bemor to‘laydi. Sug‘urta kompaniyasining qarzi alohida yuritiladi.
- Bonus va abonement
- Keshbek ballari, chegirma kartalari va abonementlar to‘lov oynasidagi tugmalar orqali ishlaydi.
Savollar
Kassir yozuvni o‘zgartirib qo‘ysa-chi?
Yopilgan smena ichidagi pul harakatlari qulflanadi. Bundan tashqari, har rolga qaysi sahifada nimani ko‘rish, qo‘shish, tahrirlash yoki o‘chirish mumkinligi alohida beriladi.
Payme va Click ulanadimi?
Payme va Click orqali bemor balansini to‘ldirish moduli bor. U alohida yoqiladi va klinikaning Payme yoki Click bilan shartnomasi kerak bo‘ladi.
Bog‘liq bo‘limlar
Klinikangizda qanday ishlashini ko‘ring
Kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.
Namoyish so‘rash
Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.