Statsionar

Qaysi o‘rin band, qaysi biri bo‘sh, kim bugun keladi va kim ketadi, palatalar xaritasida bir qarashda ko‘rinadi. Qarzi bor bemor alohida belgi bilan ajralib turadi.

Palatalar xaritasi: band, bo‘sh, bugun keladi va ketadi
Palatalar xaritasi: band, bo‘sh, bugun keladi va ketadi. Haqiqiy ekran, to‘qima ma’lumotlar.

Nima qiladi

Palatalar xaritasi
Palatalar bo‘limlar kesimida chiziladi. Har o‘rin holati rang bilan: bo‘sh, band, bugun keladi, bugun ketadi; qarz va kechikish alohida belgilanadi.
Kalendar va bron
O‘rinlar bandligi kunlar bo‘yicha jadvalda. Joyni oldindan band qilish va yotish muddatini uzaytirish mumkin.
Dori berish varag‘i
Shifokor buyurgan dozalar hamshiraning kunlik varag‘iga tushadi. Berilgan doza belgilanadi, kechikkani rahbar panelida ko‘rinadi.
Harorat grafigi
Bemorning harorat o‘lchovlari yoziladi va grafik bo‘lib ko‘rinadi.
Tungi navbatchilik
Hamshira va oshpazlarning tungi navbatchiligi yoziladi va to‘lovi hisoblanadi.
Telefonda ham
Statsionar sahifasi telefonga moslashgan: hamshira xaritani va bemorlar ro‘yxatini telefondan ochadi.
Dori berish varag‘i: berilgan, kutilayotgan va kechikkan dozalar
Dori berish varag‘i: berilgan, kutilayotgan va kechikkan dozalar. Haqiqiy ekran, to‘qima ma’lumotlar.

Savollar

Statsionar puli qanday hisoblanadi?

Palata xizmati bemorning qabuliga qo‘shiladi, to‘lov va qarz shu qabulda yuritiladi. Yotish muddati uzaytirilsa, summa qayta hisoblanadi.

Statsionar uchun chek bormi?

Ha, statsionar bemori uchun alohida chek chop etiladi.

Bog‘liq bo‘limlar

Klinikangizda qanday ishlashini ko‘ring

Kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.

Namoyish so‘rash

Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.

Qo‘ng‘iroq qilish Telegram