Telegram botlar
MedApp24 klinikaning o‘z Telegram boti orqali bemor, yo‘naltiruvchi shifokor va rahbar bilan aloqani avtomatlashtiradi.
Nima qiladi
- Bemorlar boti
- Bemor telefon raqami bilan botga ulanadi. Xodim xizmat natijasini PDF qilib yuboradi, bemor esa xizmatni baholaydi.
- Qayta ko‘rik eslatmasi
- Qayta ko‘rikka yozilgan bemorga bot uch bosqichda eslatma yuboradi.
- Yangi murojaat lidga aylanadi
- Bazada yo‘q raqamdan yozgan odam CRM’da lid bo‘lib tushadi.
- Yo‘naltiruvchilar boti
- Yo‘naltiruvchi shifokor ulushi va to‘lovlari haqida xabar oladi, botdan o‘z hisobini va yuborgan bemorlarini so‘raydi.
- Rahbarga kunlik hisobot
- Har kuni belgilangan vaqtda filiallar bo‘yicha tushum, chiqim, qabullar, qarz va kassa smenasi holati.
- Telemeditsina havolasi
- Video konsultatsiya havolasi bemorga Telegram orqali yuboriladi.
Rahbarga kunlik hisobot
Rahbarga keladigan kunlik hisobot namunasi (raqamlar to‘qima)
MedApp24 bot
📊 Kunlik hisobot — 24.10.2026 (shanba)
🆕 Yangi bemorlar: 17
🏥 Demo klinika
💰 Tushum: 18 640 000 so'm
• Naqd: 9 120 000
• Plastik: 5 300 000
• Click: 2 870 000
• Payme: 1 350 000
💸 Chiqim: 2 410 000 so'm
🧾 Qabullar: 46
📉 Bemorlar qarzi: 3 150 000 so'm (7 ta qabul)
🗄 Kassa smenasi: 🟢 ochiq — 07:42 dan21:00
Savollar
Bot uchun nima kerak?
Klinikaning o‘z Telegram boti (BotFather’da yaratiladi). Bot dasturga ulanadi va kerakli funksiyalar sozlamalarda yoqiladi.
Bemor botga qanday ulanadi?
Botni ochib telefon raqamini yuboradi. Raqam bemor kartasidagi raqamga mos kelsa, bemor ulanadi.
Bog‘liq bo‘limlar
Klinikangizda qanday ishlashini ko‘ring
Kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.
Namoyish so‘rash
Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.