Rahbar paneli va hisobotlar

Rahbar klinikaga kelmasdan ham asosiy raqamlarni telefonda ko‘radi: tushum, chiqim, qarzlar va eng ko‘p tushum keltirgan shifokorlar. Har kuni kechqurun kunlik hisobot Telegram’ga keladi.

Rahbar paneli: oldingi davr bilan solishtirish
Rahbar paneli: oldingi davr bilan solishtirish. Haqiqiy ekran, to‘qima ma’lumotlar.

Nima qiladi

Rahbar paneli
Tushum, chiqim, sof kassa, o‘rtacha chek, qabullar, bemorlar va yangi bemorlar, har biri oldingi davr bilan solishtirib. Kunlik tushum va chiqim grafigi, to‘lov turlari, eng ko‘p tushum keltirgan shifokorlar va xizmatlar.
Nazorat raqamlari
Bemorlar qarzi, sug‘urta qarzi, statsionar bandligi, bugungi operatsiyalar va kechikkan dozalar bir qatorda.
Kunlik hisobot Telegram’ga
Belgilangan vaqtda (odatda 21:00) har filial bo‘yicha tushum to‘lov turlari kesimida, chiqim, qabullar, yangi bemorlar, qarz va kassa smenasi holati keladi.
28 ta hisobot
Xizmatlar, kassa, xodimlar, ombor va ta’minot, yo‘naltiruvchilar va CRM bo‘yicha. Moliyaviy hisobotlar orasida foyda va zarar, o‘zaro hisob-kitob (Dt-Kt), amortizatsiya va dividendlar.
Filiallar kesimida
Hisobot bitta filial yoki barcha filiallar bo‘yicha olinadi.
Kim nimani ko‘radi
Har rolga qaysi hisobot va bosh sahifadagi qaysi blok ochilishi alohida beriladi.
Kunlik ogohlantirishlar
Sarlavhada bugungi signallar: kechikkan dozalar, navbat, qayta ko‘rik, tugagan mahsulot, operatsiyalar va ochiq smena.
Hisobotlar markazi
Hisobotlar markazi. Haqiqiy ekran, to‘qima ma’lumotlar.

Savollar

Hisobotni telefonda ko‘rsa bo‘ladimi?

Ha. Rahbar paneli telefonga moslashgan, dasturni telefon bosh ekraniga ilova sifatida o‘rnatish mumkin.

Kunlik Telegram hisoboti qanday yoqiladi?

U klinikaning Telegram boti orqali ishlaydi. Sozlamalarda yoqiladi, yuborish vaqti va filiallar tanlanadi.

Bog‘liq bo‘limlar

Klinikangizda qanday ishlashini ko‘ring

Kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.

Namoyish so‘rash

Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.

Qo‘ng‘iroq qilish Telegram