Qabul va navbat
Qabulxona bemorni bitta oynada ro‘yxatga oladi: xizmatlar, shifokor, to‘lov va chegirma shu yerda. Shifokor o‘z navbatini ko‘radi, kutish zalidagi televizorda esa navbat tablosi turadi.
Nima qiladi
- Bitta oynada ro‘yxatga olish
- Bemor ID, ism, telefon yoki pasport bo‘yicha topiladi. Yangi bemor shu oynada qo‘shiladi, xizmat va shifokor tanlanadi, to‘lov qabul qilinadi.
- Har tashrif pul bilan bog‘langan
- Registratsiya ro‘yxatida har qabulning summasi, to‘langani, chegirmasi, qarzi va qaytarilgani alohida ustunda. Kun oxirida «kim to‘lamay ketdi» degan savol qolmaydi.
- Shifokorlar jadvali
- Har shifokorning qabul jadvali hafta bo‘yicha ko‘rinadi.
- Navbat tablosi
- Tablo alohida sahifada ochiladi va login so‘ramaydi. Navbat o‘zgarganda o‘zi yangilanadi. Bo‘lim, xona yoki shifokor uchun alohida tablo qilish mumkin.
- Yo‘naltiruvchi qayd etiladi
- Bemorni yuborgan shifokor yoki hamkor klinika qabulda tanlanadi va uning ulushi o‘sha zahoti hisoblanadi.
- Qayta ko‘rik
- Qayta ko‘rikka yozilgan bemorlar alohida ro‘yxatda. Telegram bot ulangan bo‘lsa, bemorga eslatma boradi.
- Chek
- To‘lov cheki 58 mm yoki 80 mm termoprinterga yoki A4 ga chiqadi. Windows ilovasida chek oynasiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri printerga ketadi.
Savollar
Qabulxona, kassa va shifokor bir vaqtda ishlay oladimi?
Ha. Hamma xodim bitta bazada ishlaydi va o‘z kompyuteri yoki telefonidan kiradi. Navbat va tablo o‘zgarishi darhol ko‘rinadi.
Bemor qayerdan kelganini bilsa bo‘ladimi?
Yo‘naltiruvchi shifokor yoki hamkor klinika qabulda tanlanadi. CRM moduli yoqilgan bo‘lsa, qo‘ng‘iroq, Instagram yoki Telegram orqali kelgan murojaat ham bemorning qabuliga bog‘lanadi.
Bog‘liq bo‘limlar
Klinikangizda qanday ishlashini ko‘ring
Kerakli bo‘limlarni haqiqiy dasturda ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.
Namoyish so‘rash
Ismingiz va telefoningizni qoldiring, siz bilan bog‘lanamiz.